Jahon | 12:50 / 27.12.2018
13601
2 daqiqa o‘qiladi

Singapur ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi davlat deb topildi

Foto: Getty Images

Britaniyaning HSBC banki ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar bo‘yicha yillik so‘rov natijalarini e'lon qildi. Singapur qatorasiga to‘rtinchi yil reytingda yetakchi bo‘ldi.

Tadqiqot HSBC buyurtmasi bilan YouGov firmasi tomonidan tayyorlandi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab 22 mingdan ziyod ekspatlarni so‘rovdan o‘tkazdi. Yakuniy ro‘yxatda respondentlarning fikriga ko‘ra hayot uchun eng qulay sharoitga ega bo‘lgan 31 davlat mavjud.

Respondentlar uch toifadagi savollarga javob berishdi: iqtisodiyot (kasb bo‘yicha istiqbollar, ish haqi darajasi, tadbirkorlik imkoniyatlari), turmush tajribasi (hayot sifati, uy-joy, madaniyat va yangi tanishlar) hamda ko‘chib ketish va oilaning yashashi uchun imkoniyatlar - ta'lim sifati hamda bolalar haqida qayg‘urish darajasi:

Ekspatlarning ta'kidlashicha, Singapurda yuqori darajadagi xavfsizlik, yoqimli tropik iqlim, yaxshi ta'lim va ko‘p millatli aholi bor. Migrantlarning to‘rtdan bir qismi ish beruvchi tomonidan mamlakatga jo‘natildi (27%), biroq ularning deyarli yarmi (47%) bu yerda qolishga qaror qildi.

«Singapur dunyodagi eng kichik hududlardan biriga muhojir ko‘rishni xohlagan barcha narsani birlashtirdi», - deydi HSBC Expat rahbari Jon Goddard.

Ta'kidlanishicha, ekspertlarni ayniqsa bir holat o‘ziga jalb qilmoqda - Singapur tub aholi bo‘lmagan bolalar uchun dunyoda eng yaxshi ta'lim tizimiga ega mamlakatlardan biridir. Shu tariqa, ekspat farzandi bu yerda o‘zini uydagidek his etolmasligidan xavfsiramay, oilasini olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid