O‘zbekiston | 20:20 / 28.12.2018
39285
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yil uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unda 2019 yilda to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlarning miqdori belgilab berildi.

Xususan, 2019 yil uchun yagona ijtimoiy to‘lov 8-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

8-ilova

Yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari

Yagona ijtimoiy to‘lovdan tushgan mablag‘lar davlatning maqsadli jamg‘armalari va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi o‘rtasida quyidagi qiymatlarda taqsimlanadi:

Byudjyet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondidagi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan ulush davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar va ularning tarkibiy bo‘limlari bo‘yicha – 100%

shundan:

- Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga – 99,2%

- Bandlikka ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasiga – 0,4%

- O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga – 0,4% 

- Boshqa soliq to‘lovchilar bo‘yicha - 100%

shundan:

- Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga – 98,4%

- Bandlikka ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasiga – 0,8%

- O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga – 0,8%

Mavzuga oid