Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShga nisbatan misli ko‘rilmagan yon bosishlarga bordi
Foto: Andy Wong / AP
Xitoy ilk bor AQShdan guruch importiga ruxsat berdi. Pekin bunday misli ko‘rilmagan yon bosishga Vashington bilan savdo muzokaralari arafasida borishga qaror qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu choralar jigarrang, tozalangan va maydalangan guruch turlarini qamrab oladi.
2001 yilgacha Xitoyda guruch bozori importchilarga yopiq bo‘lgan. So‘ngra Xitoy Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilgan va ushbu bozorni import uchun ochgan. Biroq AQSh ikki davlat o‘rtasida fitosanitar bayonnoma yo‘qligi sababli Xitoyga guruch yetkazib bera olmagan. Shunga qaramay, Xitoy AQShdan guruch importi mavjud bo‘lmasa-da, unga 25 foizlik boj to‘lovi kiritgan.
Agentlikda ta'kidlanishicha, Xitoy rahbariyati amerikalik guruch ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat qilishga to‘g‘ri kelishidan cho‘chimayapti, chunki AQSh guruchi raqobatbardosh emas va Janubiy Osiyodan import qilinuvchi guruchlarga sifati bo‘yicha yutqazadi.
Mavzuga oid
18:24 / 01.02.2026
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026