Jahon | 08:19 / 01.01.2019
22606
3 daqiqa o‘qiladi

Magnitogorskdagi fojia. Beshinchi qurbonning jasadi topildi

Magnitogorskdagi uyda gaz portlagan joydagi vayronalar ostidan qutqaruvchilar beshinchi qurbonning jasadini olib chiqishdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya FVVga asosan xabar bermoqda.

«Yana bir halok bo‘lgan fuqaroning jasadi vayronalar ostidan olib chiqildi», - deya xabar berishgan FVV matbuot xizmatidan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin gaz portlashi oqibatida turar-joy binosining yo‘lagi qulagan Magnitogorsk shahriga uchib keldi. Prezident operativ shtabda o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etdi va ba'zi jabrlanganlar bilan uchrashdi.

Putinning ta'kidlashicha, Rossiya Tergov qo‘mitasi surishtiruv ishlarining keyingi bosqichi uchun mas'ul hisoblanadi.

«Bugun halok bo‘lganlar, jabrlanganlar haqida eslash kerak, ularga qalban hamdardlik bildirish zarur. Sababi bu bizning xalqimiz xarakteriga xos», - dedi Vladimir Putin.

Rossiyaning «Birinchi kanali» 31 dekabrga mo‘ljallangan efir jadvalini Magnitogorskda yuz bergan portlash tufayli o‘zgartirdi. Bu haqda maxsus yangiliklar boshlovchisi xabar berdi.

Moskva vaqti bilan soat 21:00da «Vremya» dasturi efirga chiqdi, unda Magnitogorskda yuz bergan voqea haqida so‘nggi xabarlar berildi. Hodisadan avval kechki yangiliklar teledasturda bo‘lmagandi.

«Vremya» an'anaviy «Taqdir hazili yoki qushday yengil bo‘ling» filmini bir muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Efir dasturining qolgan qismi o‘zgarmagan. 

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni ertalab soat 4da Magnitogorskda maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning pod'yezdlaridan biri qulab tushgan. FVVning so‘nggi xabariga ko‘ra, portlash natijasida besh kishi halok bo‘lgan, besh kishi kasalxonaga yotqizilgan, 35 kishining taqdiri noma'lum.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid