Sport | 08:59 / 02.01.2019
8687
4 daqiqa o‘qiladi

«Tottenhem» yana yirik hisobda g‘alaba qozondi

Foto: twitter.com/SpursOfficial

1 yanvardan Angliya Premer-ligasida 21-turga start berildi.

Seshanba kungi dastlabki bahsda «Everton» o‘z maydonida «Lester»ga imkoniyatni boy berdi – 0:1. Bu liverpulliklarning oxirgi beshta o‘yindagi to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Ikkinchi bahsda «Fulhem»ni qabul qilgan «Arsenal» 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. London derbisida «to‘pchilar»dan Jaka, Lyakazett, Remsi va Obameyang gol urgan bo‘lsa, bunga mehmonlar faqat Kamaraning yagona goli bilan javob qaytarishdi.

O‘tgan turda kutilmaganda o‘z uyida «Vulverhempton»ga imkoniyatni boy berib, uchinchi o‘ringa tushib qolgan «Tottenhem» yana ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. «Shporlar» bu turda «Kardiff» maydonida yirik hisobda g‘alaba qozonishdi – 3:0. Harri Keyn, Kristian Eriksen va Son Hyon Min birinchi bo‘limning ilk 26 daqiqasidayoq o‘z nomlariga bittadan gol yozib qo‘yib, o‘yin taqdirini ancha erta hal etib bo‘lishdi. Maurisio Pochettino jamoasini keyingi turda o‘zini murabbiylikka nomzod sifatida ko‘rayotgan «Manchester Yunayted»ga qarshi boshlab tushadi.

Angliya chempionati
21-tur, 1 yanvar
Everton – Lester 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 58 Vardi.
Everton – Pikford, Kenni, Kin, Zuma, Din, Andre Gomesh (Bernard, 62), Guyye, Uolkott (Tosun, 70), Sigurdsson, Risharlison, Kelvert-Lyuin.Lester – Shmeyxel, Simpson, Evans, Maguayr, Chiluell, Chouduri, Mendi, Ndidi, Gezzal (Olbrayton, 46), Vardi (Grey, 90), Rikardu Pereyra.
Ogohlantirishlar: Andre Gomesh (52), Evans (75), Din (80), Tosun (81).

Arsenal – Fulhem 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 25 Jaka, 2:0 – 55 Lyakazett, 2:1 – 69 Kamara, 3:1 – 79 Remzi, 4:1 – 83 Obameyang.
Arsenal – Leno, Mustafi (Torreyra, 46), Papastatopulos, Koselni, Meytlend-Naylz, Genduzi, Jaka, Kolashinats, Ivobi (Saka, 83), Obameyang, Lyakazett (Remzi, 75).
Fulhem – Riko, Odoi, Le Marshan, Rim, Kristi (Fosu-Mensa, 56), Kerni, Sisse (Seri, 61), Brayyen, Sessenon, Mitrovich, Shyurrle (Kamara, 61).
Ogohlantirish: Fosu-Mensa (77).

Kardiff – Tottenhem 0:3 (0:3, 0:0)
Gollar: 0:1 – 3 Keyn, 0:2 – 12 Eriksen, 0:3 – 26 Son Hyon Min.
Kardiff – Eterij, Manga, Morrison, Bamba, Kanningem, Gunnarsson, Paterson, Kamarasa (Rolls, 59), Arter, Merfi (Xoylett, 46), Rid (Mendes-Leyng, 72).
Tottenhem –Loris, Tripper, Sanches, Alderveyreld, Rouz, Uinks, Sissoko, Eriksen, Alli (Lorente, 86), Son Hyon Min (Skipp, 76), Keyn.
Ogohlantirish: Bamba (53).

2 yanvar (Toshkentda 3 yanvarga o‘tar kechasi)
00:45. Haddersfild – Bernli
00:45. Chelsi – Sauthempton
00:45. Bornmut – Uotford
00:45. Vulverxempton – Kristal Pelas
00:45. Vest Hem – Brayton
01:00. Nyukasl – Manchester Yunayted

3 yanvar (Toshkentda 4 yanvarga o‘tar kechasi)
01:00. Manchester Siti – Liverpul

22-tur, 12 yanvar
Vest Hem – Arsenal
Lester – Sauthempton
Kristal Pelas – Uotford
Kardiff – Haddersfild
Bernli – Fulhem
Brayton – Liverpul
Chelsi – Nyukasl

13 yanvar
Everton – Bornmut
Tottenhem – Manchester Yunayted

14 yanvar
Manchester Siti – Vulverhempton

Mavzuga oid