Seşanba oqşomida Çempionlar ligasida 1/8 finalning dastlabki uçraşuvlari ötkazildi. Ikki öyinda yirik hisoblar qayd etildi, yana ikkitasida favoritlar ğalaba qozona olmadi.
«Liverpul»ning Istanbulga safari yana muvaffaqiyatsiz keçdi
2025 yil sentabrida «Liverpul» YeÇL umumiy guruh bosqiçi doirasida ham Istanbulda «Galatasaroy»ga qarşi öynagan va yutqazgandi (0:1). Yarim yilga yaqin vaqt ötib inglizlar klubi yana Turkiyada mehmon böldi – bu safar klublar 1/8 finalda töqnaşdi. Va tabloda yana şu raqam aks etdi. Mezbonlar yettinçi daqiqadayoq hisobni oçişdi. Viktor Osimhen töpni olis ustun tomon yetkazdi, u yerda qöriqçisiz qolgan Mario Lemina osonlik bilan darvoza törini işğol etdi. Bölimning qolgan qismida ikki jamoada ham yaxşi vaziyatlar böldi, ammo hisob özgarişsiz qoldi.
Tanaffusdan keyin jamoalar bittadan gol urişdi, ammo bu gollar inobatga olinmadi. Ibraima Konatening xatosidan keyin Osimhen mezbonlarning ikkinçi golini urgandi, ammo hujum davomida Bariş Alper Yilmaz «öyindan taşqari holatda» qolgani ma’lum böldi. Keyinroq boş hakam «Liverpul»ning golini ham bekor qildi, videotakror hujum vaqtida töp qöl bilan öynalganini körsatdi. Keyinroq Ekitike yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi va mezbonlar ğalabali hisobni saqlab qolişdi. Bu natija ikki jamoada ham çorakfinalga çiqiş uçun imkon qoldirmoqda. Ammo «Galatasaroy»ga «Enfild»dagi javob öyini oson bölmasligi tayin.
Madridda drama – uçta gol ötkazib yuborgan darvozabon 17-daqiqadayoq almaştirildi
Gulelmo Vikario – ançadan buyon «Tottenhem»ning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Ammo londonliklarning yangi boş murabbiyi Igor Tyudor kutilmagan yuriş amalga oşirişga qaror qildi. U Madriddagi safar öyinida Vikarioni zaxirada qoldirdi va Antonin Kinskini boşlanğiç tarkibga kiritdi. Bu esa juda xato qaror bölib çiqdi. Çexiyalik darvozabon 2025 yil oktyabridan buyon öynamagandi – öşanda u Angliiya ligasi 1/8 finalida «Nyukasl»ga qarşi öyinda maydonga tuşgandi.
Madridda esa mehmonlar 15-daqiqagaça 3 ta gol ötkazib yuborişdi. Şundan ikki gol – Kinskining yaqqol xatolari tufayli urildi. Avvaliga himoyadan çiqişda 22 yoşli darvozabon toyib ketdi va töpni raqibga topşirdi.
«Atletiko» bunday sovğadan foydalandi – Alvares Markos Liorenteni zarbdor pozitsiyaga çiqardi, u esa quyi burçakni aniq nişonga oldi.
Biroz ötib jamoa yetakçilaridan biri Mikki van de Ven ham oddiy vaziyatda gazonga yiqildi va Antuan Grizmann osonlik bilan ikkinçi golni uriş imkoniga ega böldi.
Katta futbolda sönggi mavsumini ötkazayotgan fransuz hujumçisi barçasini aniq ijro etdi – u zarba berişdan oldin biroz pauza uşladi va töpni darvozabonning oyoği yonidan ötkazdi. Mehmonlar şunçaki oyoğida tura olmagani uçun ikki gol ötkazib yuborişdi. Ammo bu hali hammasi emasdi.
Köp ötmay Antonin xatosini takrorladi. U raqib futbolçisi Xulian Alvaresni böş darvoza qarşisiga çiqarib yubordi – argentinalik hujumçi töpni şunçaki darvoza töriga yumalatib yubordi.
Tyudor şundan keyingina xatosini anglab yetdi va Kinskini öyindan olib, Vikarioni darvozaga qaytardi.
Oğir zarbaga uçragan çexiyalik darvozabon közda yoş bilan kiyim almaştiriş xonasiga yöl oldi.
Mezbonlar uçun esa bu oqşom darvozada kim turişining ahamiyati yöq edi. Beş daqiqa ötib Roben Le Norman törtinçi golni urdi. Ammo mehmonlar tezda javob qaytarişdi. Qanot himoyaçisi Pedro Porro hujumçi pozitsiyasiga çiqib borib, Yan Oblak darvozasini işğol etdi, şundan keyin «Tottenhem» taşabbusni qölga oldi va bir neça vaziyatlarga ega böldi.
Quvnoq öyin ikkinçi bölimda ham davom etdi. Avvaliga Alvares dublni rasmiylaştirdi, keyin esa Oblak ham «qovun tuşirdi». Mehmonlar vaziyatdan foydalandi – Dominik Solanke hisobdagi farqni biroz qisqartirdi.
Öyin oxirida mehmonlar uçun yana bir köngilsiz holat yuz berdi – «Tottenhem»ning ikki futbolçisi – Kristian Romero va Palinya töqnaşib ketdi. Portugaliyalik futbolçi ançagaça gazondan kötarila olmadi va uning boşini boğlab qöyişga töğri keldi. Romero öyinni davom ettirdi, ammo hakam huştagi çalinişidan biroz oldinroq baribir maydonni tark etişga majbur böldi.
«Atalanta» navbatdagi bosqiçda ham nemis klubiga röpara böldi. Ötiş bosqiçida bergamoliklar «Borussiya»ga qarşi Dortmundda keçgan birinçi öyinda 0:2 hisobida yutqazgan, ammo öz uyida kambek amalga oşirgandi. Ammo hozirgi «Bavariya» – turnir ğolibligi uçun asosiy favoritlardan biri. Birinçi öyindayoq uşbu juftlik taqdiriga oydinlik kiritildi – myunxenliklar klubini çorakfinalga çiqqani bilan tabriklaş mumkin.
«Bavariya»ning asosiy darvozaboni Manuel Noyyer va asosiy hujumçisi Harri Keyn bu öyinda iştirok eta olmadi, ammo jamoaga ularning yöqligi umuman sezilmadi. Birinçi bölimdayoq 0:3 hisobi – «Atalanta» uçun jiddiy zarba böldi. Mavsumning birinçi qismida standart vaziyatlar eng ojiz nuqtasi sifatida qaralgan «Bavariya» bu kamçilikni tuzatiş ustida işlamoqda va Bergamodagi öyinda aynan burçak zarbasi orqali hisobni oçdi: 12-daqiqada Yosip Stanişiç Serj Gnabrining qanotdan uzatmasini golga aylantirdi. Tanaffusgaça Maykl Olise va Gnabri ham bittadan gol urişdi, ikkinçi bölim boşida esa Nikolas Jyekson ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi, keyinroq Olise tanaffusda öyinga qöşilgan Alfonso Deyvisning uzatmasidan keyin dublni rasmiylaştirdi, zaxiradan maydonga tuşgan boşqa bir futbolçi Musiala esa oltinçi golga mualliflik qildi.
Şu bilan birga, bu yirik ğalaba nemislar jamoasi muxlislariga unçalik tatimadi: avvaliga jarohatidan endigina tuzalib safga qaytgan Deyvis yana jiddiy jarohat olib, maydonni közda yoş bilan tark etdi. Öyin oxirida esa avvaliga Musiala, keyin esa jarohatdagi Noyyer örniga darvozani qöriqlayotgan Urbig ham mehmonlarning yagona javob goli urilgan vaziyatda jarohat oldi.
«Nyukasl» guruh bosqiçidagi öyinda bölgani kabi bu safar ham kuçli pressing uyuştirdi, ammo vaziyatlaridan foydalana olmadi. Ikkinçi bölimda ham manzara özgarmadi: mezbonlar faolroq harakat qilişdi va köproq vaziyatlar yaratişdi. Bu zarbalar statistikasida ham aks etdi – 11:4.
75-daqiqada inglizlar nihoyat darvozani işğol etişdi, ammo «Sent-Jyeyms Park» stadionida yiğilgan muxlislarning quvonçi uzoqqa çözilmadi: Harvi Barnsning zarbasidan keyin töp ustundan qaytdi va Joelinton darvozani işğol etdi, ammo u zarba ijro etilayotgan çoğda ofsaydda qolgani ma’lum böldi. «Nyukasl» 86-daqiqada baribir öz maqsadiga erişdi. Bu safar Harvi Barnsning zarbasidan keyin töp rikoşet bölib, darvoza töriga borib tuşdi.
«Nyukasl» ğalabaga juda yaqin edi, ammo öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Malik Tiau jarima maydoni içida Dani Olmoning oyoğini bosib oldi.
Lamin Yamal esa bu vaziyat uçun belgilangan penaltini aniq ijro etdi. «Nyukasl» ğalabaga haqli öynagan bölsa-da, «Barsa» safardan muhim durang bilan qaytadigan böldi.