Sport | 20:20 / 03.01.2019
9220
2 daqiqa o‘qiladi

30 yil oldin France Football «Super Oltin to‘p»ni topshirdi

1989 yili France Football nashri XX asrning eng yaxshi futbolchisini aniqlash va unga «Super Oltin to‘p»ni topshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Unda «Real» hujumchisi Alfredo Di Stefano, «Ayaks» va «Barselona» hujumchisi Yohan Kroyff, «Yuventus» hujumchisi Mishel Platini ishtirok etishdi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Di Stefano katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Sababi ko‘p edi: Di Stefano 8 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, 1 marta Kubokni qo‘lga kiritgan, 5 marta Yevropa Chempionlari Kubogida, 2 marta Qit'alararo Kubokda g‘alaba qozongan. 1957 va 1959 yillarda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. Qayd qilish joizki, o‘sha paytda jurnal faqat yevropalik futbolchilarni taqdirlagan. Shu tufayli, Maradona va Pele so‘rovnomada ishtirok etmagan. Bu esa muxlislar va mutaxassislar e'tiroziga sabab bo‘lgan.

1999 yili France Football bu bahslarga chek qo‘yish maqsadida, «Asrning eng yaxshi futbolchisi» so‘rovnomasini o‘tkazdi. Unda «Oltin to‘p»ning 34 nafar sohibi ishtirok etdi. Bu safar katta ustunlik bilan braziliyalik Pele g‘alaba qozondi. Diyego Maradona ikkinchi, Yohan Kroyff uchinchi bo‘ldi. Di Stefanoga to‘rtinchi o‘rin nasib qildi.

Mavzuga oid