Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Restoran va kafelarning tungi paytda ishlash tartibi belgilanadi
O‘zbekistonda restoran va kafelarning tungi paytda ishlash tartibi belgilanadi. Bu 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Hujjat bilan restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar obektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlash talablarini o‘rnatgan holda ularning tungi paytda ishlash tartibini belgilanadi. Bu borada normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar obektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlash talablari, ushbu ko‘ngilochar obektlarni tungi paytda ishlash tartibi nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 5 fevral, ijro uchun mas'ullar - Bosh prokuratura, IIV, DXX, Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi.
Mavzuga oid
22:19 / 19.03.2026
Dunyoning eng qimmat restoran brendlari e’lon qilindi
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
09:47 / 27.12.2025
Restoranlar aylanmasi o‘sdi: 11 oyda 15,2 foizlik ko‘tarilish
18:30 / 20.11.2020