Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senator: «Davlat dasturining qonun ustuvorligi va sud-huquq yo‘nalishida 10 tadan 4 ta band bajarilgan»
2020 yilgi davlat dasturining qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishida 10 ta muhim vazifa belgilangan. O‘tgan 9 oy davomida esa ulardan faqat 4ta band bajarilgan, dedi senator Minxojiddin Xojimatov senatning 20 noyabr kuni o‘tkazilgan yalpi majlisida.
2020 yilgi davlat dasturi bo‘yicha Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishidagi ishlarning bajarilishi Oliy Majlisi Senatining 9-yalpi majlisida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Senator Minxojiddin Xojimatov qilingan ishlar qatorida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ham sanadi.
«Shu o‘rinda Oliy sud mas'ulligidagi 2 ta tadbirning ijrosiga to‘xtalmoqchiman. Bu 48 banddagi «Tadbirkorlik sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik asoslarini qayta ko‘rib chiqish va ayrim jinoyat turlarini dekriminalizatsiya qilish to‘g‘risida»gi hamda 52 banddagi «Sudlar faoliyatida prokuror ishtirokini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qonun loyihalari. Bu ikki masala o‘z nomidan ko‘rinib turibdiki, juda dolzarb.
Bular jamiyatning bugungi rivojlanishiga va islohotlariga o‘ta zarur bo‘lgan qonun loyihalari hisoblanadi.
Hisobotda bu hujjat loyihalari ijrosi bajarilmaganiga «ishlab chiqilgan, yuqori ma'muriy idoralarimizga kiritilgan», deya asoslar keltirilgan, lekin bu tadbir bajarildi degani emas.
Shuning uchun, yil yakuniga qadar bu topshiriqlar ijrosini ta'minlash kerak», – dedi senator.
Minxojiddin Xojimatov o‘z nutqini qator kamchiliklarga qaramay, Vazirlar Mahkamasining davlat dasturi uchinchi chorak ijrosi bo‘yicha hisobotini ma'qullashi va qolgan senatorlarni ham bunga chaqirishi bilan tugatdi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026