Jahon | 10:47 / 05.01.2019
20098
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Gabonga qo‘shinlar jo‘natdi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) bo‘lib turgan amerikaliklarning xavfsizligini ta'minlash uchun Gabonga harbiy xizmatchilar yuborish haqida buyruq berdi. Bu haqda TASS Trampning AQSh kongressi vakillar palatasi spikeriga yo‘llagan maktubiga asosan xabar qilmoqda.

Maktubda aytilishicha, «harbiy xizmatchilar» Librevill (Gabon)ga yuborilgan, ammo ularning soniga aniqlik kiritilmagan.

«Harbiylar mamlakatga Qo‘shma Shtatlarning Kinshasdagi (KDR) fuqarolari, xodimlari va diplomatik obektlari xavfsizligini ta'minlash uchun yuborildi», - deya ta'kidlanadi Trampning maktubida.

Shuningdek, prezidentning xatida qayd etilishicha, harbiy xizmatchilar bir qismi Gabonga «harbiy aviatsiya qo‘llab-quvvatlovi» bilan yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda 10 ta mintaqaga katta e'tibor qaratilishi aytilgandi.

Mavzuga oid