Kirib kelgan 2019 yilda jahon hamjamiyatining e'tibori dunyodagi 10ta mintaqada kuzatilayotgan vaziyatga qaratiladi, jumladan, Suriya, Yaman, Afğoniston va Eronga. Bu haqda qarorgohi Bryusselda joylaşgan «Xalqaro inqiroz guruhi» nodavlat-notijorat taşkilotining materialida aytiladi.

Materialda qayd etilişiça, dunyodagi tartib buzilgan va xalqaro hamjamiyat Qöşma Ştatlarning qudratiga şubha bilan qaramoqda.

«Xalqaro tinçlik va xavfsizlikni saqlaş hamda mustahkamlaş uçun taşkil etilgan BMT kabi xalqaro taşkilot özining funksiyasini yöqotdi. Şuningdek, adolatni ta'minlovçi taşkilotlar, xususan, Xalqaro jinoiy sud ham e'tiborga olinmayapti», - deyiladi materialda.

Tadqiqot mualliflari fikriça, 2019 yilda xalqaro hamjamiyatning e'tibori Yaman, Afğonistondagi vaziyatga, AQŞ va Xitoy munosabatlaridagi keskinlikka, Saudiya Arabistoni, AQŞ va Isroilning Eron bilan qarama-qarşiligiga, Suriya, Nigeriya, Janubiy Sudan, Kamerun, Ukraina hamda Venesueladagi holatga qaratiladi.