Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishi bo‘yicha prognozini yomonlashtirdi
Foto: LHV
Jahon banki “xatarlar kuchaygani va nomaqbul omillar ko‘paygani” sababli 2019 yil uchun dunyo iqtisodiyoti rivojlanishi bo‘yicha prognozini yomonlashtirdi.
2019 yil uchun jahon iqtisodiyoti o‘sishi 0,1 foiz, ya'ni 3 foizgacha pasaytirilgan. 2020-2021 yillarda o‘sish savdo va investitsiyalar hajmi qisqarishi sababli 2,8 foizgacha kamayishi kutilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan yirik davlatlar va rivojlanayotgan davlatlar uchun prognoz 0,5 foizga, ya'ni 4,2 foizgacha yomonlashgan. 2020 yilda bank bu davlatlar uchun o‘sish 4,5 foizgacha, 2021 yilgacha 4,6 foizgacha o‘sishini kutmoqda.
Rivojlangan davlatlarda o‘sish sur'atlari 0,2 foizga, ya'ni 2 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda. 2020 yilda esa o‘sish 1,6 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Jahon banki, shuningdek, jahon savdosi hajmi o‘sishi prognozini ham pasaytirgan. Jumladan, 2019 yilda o‘sish 3,6 foizgacha (avval 4,1 foiz kutilgan), 2020 yilda esa 3,5 foizgacha (avval 4 foiz kutilgan) pasayishi mumkin.
Bankning baholashicha, neftning o‘rtacha yillik narxi 2019 yilda deyarli o‘zgarmas ekan.
Mavzuga oid
20:18 / 24.04.2026
Shavkat Mirziyoyev: Birinchi chorakda YaIM 8,7 foizga o‘sdi
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
15:58 / 21.04.2026