Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar endilikda adliya vazirining axborotini eshitadi
Shavkat Mirziyoyev “Ba'zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
“Huquqiy axborot” kanaliga ko‘ra, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi endilikda hududiy adliya boshqarmalari va tuman adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitadi.
Bunda Kengashning qarori tegishincha Adliya vazirligiga hamda viloyat adliya boshqarmasiga yuboriladi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq endilikda normativ-huquqiy hujjat loyihasi hujjatni qabul qiluvchi organga kiritilayotganda unga Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza bo‘yicha xulosasi ham ilova qilinadi.
Shuningdek, prezident Administratsiyasiga va Hukumatga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza bo‘yicha xulosasi bo‘lgan taqdirdagina ko‘rib chiqiladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalar bilan Senat tomonidan adliya vazirining norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq axborotini eshitishi belgilandi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026