Jahon | 10:04 / 09.01.2019
4155
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh kongressi yetakchilari bilan shatdaunni muhokama qilmoqchi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Trampning amerikaliklarga telemurojaatida ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar kongressi yetakchilarini hukumat ishini tiklash uchun uchrashuvga taklif qilgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, «45 daqiqa»da yechim topilishi mumkin.

Shuningdek, Trampning qo‘shimcha qilishicha, demokratlar iltimosiga ko‘ra Meksika bilan chegaradagi devor po‘latdan quriladi.

Prezident ushbu to‘siq AQSh chegaralarini himoya qilish uchun zarur ekanligini ta'kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp qanday urushlar «ajoyib yakun topishi»ni aytgandi.

Mavzuga oid