AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni, 3 fevral keçqurun, avvalroq AQŞ Kongressining Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihalari paketini imzoladi va şu bilan özining ikkinçi prezidentlik muddatidagi ikkinçi şatdaunga barham berdi. Şu tariqa, AQŞ federal hukumatining navbatdagi qisman işdan töxtaşi tört kun davom etdi.

Hujjatlar Tramp tomonidan imzolanişidan bir neça soat oldin Vakillar palatasi köpçilik ovoz bilan AQŞ Senati tomonidan avvalroq qabul qilingan murosali budjetni ma’qulladi. Budjet loyihasini 217 nafar deputat qöllab-quvvatladi, 214 nafari qarşi ovoz berdi. Budjet uçun Demokratik partiyadan ham 20 nafar siyosatçi ovoz bergan, biroq şunça — 20 nafar respublikaçilar unga qarşi çiqqan.

Kongress Senati 31 yanvar kuni mamlakat hukumati işini moliyalaştiriş böyiça qonun loyihalari paketini moliyaviy yil oxirigaça tasdiqlagan edi. Paketni qöllab-quvvatlab yuqori palataning 71 a’zosi ovoz bergan, 29 a’zosi qarşi çiqqan. Şunga qaramay, şatdaunning oldini olib bölmadi, çunki Vakillar palatasi hujjat matnini faqat 3 fevral kunigina körib çiqişga ulgurdi.

30 yanvarga ötar keçasi Oq uy va demokratlar AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati — ICE faoliyatiga qöyiladigan talablarni kuçaytiriş masalasidagi bahsda murosaga keldi. Donald Tramp demokratlar bilan kelişuvga erişilganini, unga köra budjet paketining olti qismidan beştasini qabul qiliş mumkinligini aytgan.

ICE xodimlari bir neça oy davomida demokratlar boşqarayotgan qator Amerika şaharlarida deportatsiya böyiça reydlar ötkazib kelmoqda. Minneapolisda qattiqqöl harakatlarga qarşi namoyişlar vaqtida AQŞning ikki nafar fuqarosi halok bölgan.

1977 yildan beri AQŞ hukumati moliyalaştirişda davomiyligi uç kun va undan kam bölgan 10 tadan ortiq tanaffuslarni boşdan keçirgan. Pauza­larning aksariyati real oqibatlarga olib kelmaganini AQŞ Kongressining Tadqiqot xizmati qayd etgan. Masalan, 2025 yil 13 noyabrda Tramp federal hukumat faoliyatini moliyalaştirişni 30 yanvargaça (şu kunni ham qöşgan holda) uzaytiriş töğrisidagi qonunni imzolagan edi.

Öşanda şatdaun 43 kun davom etib, mamlakat tarixidagi eng uzoq bunday tanaffus bölgan. Federal budjet yuzasidan respublikaçilar va demokratlar örtasidagi kelişmovçiliklar sabab taxminan 750 ming federal xizmatçi maoş saqlanmagan holda majburiy ta’tilga çiqarilgan. Faqat hayotiy muhim tuzilmalar — aviadispetçerlik xizmati, politsiya, çegara qöriqlaş va şoşilinç tibbiy yordam xodimlari işni davom ettirgan.