Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma'muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan kimlar ozod qilinadi?
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq so‘zi”da e'lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
quyidagi mazmundagi 330-1-modda bilan to‘ldirildi:
«330-1-modda. Ma'muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish
Ma'muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) tadbirkorlik sub'yektlari – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
2) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari – davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a'zolarining manfaatlarini, shuningdek o‘z manfaatlarini ko‘zlab berilgan arizalar bo‘yicha;
3) nodavlat notijorat tashkilotlari – o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
4) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar – fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari – o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
6) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari – barcha ishlar hamda hujjatlar bo‘yicha;
7) prokuratura organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar yuzasidan;
8) adliya organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar yuzasidan;
9) yuridik va jismoniy shaxslar – davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha;
10) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
11) mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
12) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari – ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
13) taraflar – muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan».
Mavzuga oid
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026