Jahon | 22:02 / 10.01.2019
8082
1 daqiqa o‘qiladi

Nikolas Maduro Venesuela prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi 

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 10 yanvarda mamlakatning 2019-2025 yillar uchun prezidenti sifatida qasamyod keltirdi.   

Maduroning inauguratsiyasi mamlakat oliy sudi binosida o‘tgan, vaholanki konstitutsiyaga ko‘ra prezident milliy assambleya (parlament) oldida qasamyod keltirishi kerak. Muxolifat tomonidan nazorat qilinuvchi parlament Venesuela siyosiy hayotida ishtirok etishdan chetlatilgan, shu sababli marosim oliy sudga ko‘chirilgan. 

Maduroning inauguratsiyasida Kuba yetakchisi Migel Dias-Kanel, Boliviya va Salvador prezidentlari Evo Morales va Sanches Seren, Nikaragua prezidenti Daniel Ortega, Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay, Xitoy qishloq xo‘jaligi va vaziri Xan Chanfu, OPeK bosh kotibi Muhammad Barkindo, Abxaziya va Janubiy Osetiya prezidentlari Raul Xajimba va Anatoliy Bibilov ishtirok etgan. 

Maduroning yangi prezidentlik muddatini ko‘plab davlatlar, jumladan AQSh va “Lima guruhiga kiruvchi davlatlar tan olishdan bosh tortgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid