Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mahalla raisini 24 mln so‘mga aldab ketishdi
2019 yil 9 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 3 fevral kuni Uchtepa tumanida yashovchi N.M. Olmazor dahasida shu dahada yashovchi “Katta Olmazor” MFY raisi A.U.ga MFY binosining ichki qismini ta'mirlab berishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u aldov yo‘li bilan 24 mln 500 ming so‘m pulini olganini va bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida N.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026