Jahon | 22:15 / 15.01.2019
6803
1 daqiqa o‘qiladi

Gaaga sudi Kot d'Ivuarning sobiq prezidentini oqladi

Foto: AFP

Gaagadagi xalqaro jinoyat sudi Kot d'Ivuarning sobiq prezidenti Loran Gbagboni insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybsiz deb topdi. 

Gbagboga qarshi ayblovlar Kot d'Ivuarni 2010 yilgi saylovlardan keyin qamrab olgan zo‘ravonliklar sababli qo‘yilgandi. O‘sha voqealarda 3 ming kishi halok bo‘lgan. Yana yarim million kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Gbagbo 2011 yilda saylangan prezident Alassan Uattarni qo‘llab-quvvatlagan BMTning tinchlikparvar kuchlari va fransuz qo‘shinlari yordamida prezident bunkerida ushlangan. Gbagbo o‘shanda Uattarning saylovlardagi g‘alabasini tan olishdan bosh tortgan.

Gbagbo Kot d'Ivuarning Gaagadagi sudda javob bergan ilk rahbari bo‘lgan.

Sud ayblov tomoni Gbagboning aybdorligiga yetarlicha isbotlar keltira olmagani sababli uni aybsiz deb topgan va uning darhol ozod etilishi kerakligini e'lon qilgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid