Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Hindiston bilan Kashmir bo‘yicha bahs yuzasidan BMT xalqaro sudiga murojaat qiladi
Pokiston Hindiston bilan Kashmir bo‘yicha ziddiyatlar yuzasidan BMT xalqaro sudiga murojaat qilmoqchi. Bu haqda Pokiston ichki ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy ma'lum qildi.
“Pokiston masalaning barcha huquqiy tomonlarini o‘rganib, Kashmir masalasi bo‘yicha BMT xalqaro sudiga murojaat qilishga qaror qildi”, deb aytgan Qurayshiy Ary News telekanali bilan suhbatda. Uning ta'kidlashicha, Pokiston hukumati yaqin orada bu masala bo‘yicha o‘z pozitsiyasini batafsilroq tushuntiradi.
Pokiston Hindiston 5 avgustda Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomini bekor qilganiga keskin munosabat bildirgan. Shundan keyin ikki tomon chegaraga qo‘shin torta boshlagani ma'lum qilingan.
Britaniya Hindistonining musulmonlar yashaydigan hududlari Pokiston davlatini tashkil etgandan keyin Jammu va Kashmir shtati Hindistonning musulmonlar ko‘pchilikni tashkil qiluvchi yagona shtati bo‘lib qolayotgandi. U yerda ayirmachilar harakat qilib, Hindiston Pokistonni ularni qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026