Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyada Putinga suiqasd qilishni rejalashtirgan erkak qo‘lga olindi – OAV
Serbiyada Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Belgradga 17 yanvardagi tashrifi vaqtida suiqasd qilmoqchi bo‘lganlikda gumon qilingan 21 yoshli Armin Alibashich qo‘lga olindi. Bu haqda Serbiyaning “Pravda” nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, politsiya patruli Alibashichni Novi-Pazar shahri yaqinidagi Potok qishlog‘ida yo‘lda to‘xtatgan. Politsiyachilarning e'tiborini uning ryukzagi jalb qilgan. Ryukzak ichida optik nishonga olgichli miltiq aniqlangan.
Darhol shundan keyin yigitning uyida tintuv o‘tkazilgan. Tintuv vaqtida katta miqdorda qurol-aslaha va bomba tayyorlash uchun qurilma, jumladan kimyoviy moddalar va detonator uchun komponentlar aniqlangan. Bundan tashqari, gumonlanuvchining uyida IShID bayrog‘i hamda ushbu terrorchilik guruhining tashviqot materiallari va adabiyoti topilgan.
Alibashich aloqalarining tekshirilishi u suiqasdni Putinning Belgradga tashrifi vaqtida sodir etmoqchi bo‘lganini ko‘rsatgan. Maqolada aytilishicha, Putin Rossiya IShIDga qarshi e'lon qilgan urush sababli terrorchilar nishoniga aylangan, shu sababli bomba 17 yanvar kunlari portlatilishi mumkin bo‘lgan.
Xavfsizlik sohasi bo‘yicha mutaxassis Javad Galiyashevichning fikricha, gumonlanuvchi katta ehtimollik bilan bir o‘zi harakat qilmagan.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026