Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiya bo‘yicha va'da berdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning tvitterdagi sahifasida yozishicha, davlat rahbari sifatida Rossiyaning mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga ta'sirini kamaytirishga majburdir.
Uning ta'kidlashicha, hozirgi paytda Ukrainadagi saylovlarga ta'sir ko‘rsatish bo‘yicha Rossiya «amaliyoti» to‘liq davom etmoqda. Shu bilan birga, Poroshenko bu «amaliyot» nimadan iborat ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina rahbari saylovlariga Rossiya ta'sirini kamaytirish uchun «o‘ziga bog‘liq barcha narsani» qiladi. Uning xulosasiga ko‘ra, saylovlarni «erkin va adolatli» qilishni, shuningdek, «yuqori xalqaro standartlarga» mos kelishini ta'minlashga intiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Donbassdagi urush bo‘yicha o‘z taxminini bildirgandi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026