Jahon | 12:07 / 19.01.2019
19827
2 daqiqa o‘qiladi

Filippinning eng boy odami hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AFP/ Ted Aljibe

Filippinning eng boy odami, biznes-magnat, SM Investmens Corporation (SMIC) kompaniyasining faxriy raisi Genri Si 19 yanvar ertalab 94 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda The Philippine Star nashri ma'lum qildi. 

“U yaxshiroqqa aylangan dunyoni tark etayotganini bilgan baxtli inson edi. U Filippin chakana savdosi, banking va ko‘chmas mulki ramzi bo‘lgan. Eng asosiysi, u g‘amxo‘r ota va xudojo‘y odam edi. Men uni sog‘inib qolaman”, deb aytgan SMIC direktorlar kengashi raisi Xose Sio.

Milliarderning vafot etgani kompaniyaning rasmiy bayonotida ma'lum qilingan, bu xabarni uning oilasi tasdiqlagan. Tadbirkor uyqusida vafot etgan, boshqa tafsilotlar keltirilmagan. 

Si Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, 18,3 mlrd dollarlik boylik bilan 2018 yilda Filippinning eng badavlat odamlari ro‘yxatiga yetakchilik qilgan. 

Genri Si xitoy va filippin ildizlariga ega biznes-magnat, sarmoyachi va saxovatpesha inson bo‘lgan. U ko‘chmas mulk, banking, ta'lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda faoliyat yuritgan. SM Prime Holdings kompaniyasiga asos solgan. 

Mavzuga oid