Jahon | 00:12 / 22.01.2019
16948
1 daqiqa o‘qiladi

Kerch bo‘g‘ozida ikki kemaning yonishi qurbonlarga olib keldi

Kerch bo‘g‘ozida Tanzaniya bayrog‘i ostida suzuvchi “Kandi” va “Maestro” kemalarida yong‘in chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Yong‘in oqibatida 11 dengizchi halok bo‘lgan, 12 kishi qutqarilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kemada jami 31 dengizchi bo‘lgan. Ular yong‘in boshlangandan keyin kemalarni tark etishga majbur bo‘lishgan.   

Ma'lumotlarga ko‘ra, tanker va gaz tashuvchi kema yongan. Yong‘in bir kemadan ikkinchisiga yonilg‘i o‘tkazilayotganda yuz bergan. Qutqaruv operatsiyasida 7 ta kema ishtirok etgan.

Ma'lum qilinishicha, bo‘g‘ozda kemachilik odatdagi tartibda amalga oshirilmoqda. 

 

 

Mavzuga oid