Jamiyat | 10:19 / 22.01.2019
4520
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston fuqarosi chegarada 100 dona psixofaol dori bilan to‘xtatib qolindi

2019 yil 20 yanvar kuni Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasidan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, shu yil 15 yanvar kuni Toshkent viloyatining Bekobod tuman “Oybek” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi, So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida yashovchi 26 yoshli N.A.ning sumkasidan O‘zbekiston hududida taqiqlangan 100 dona psixofaol dori vositalari topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid