Jahon | 22:01 / 22.01.2019
12850
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 20 shifokor bemorga galma-galdan yurak massaji qildi

Foto: Global Look Press/Xinhua/Zhang Rufeng

Xitoydagi shifoxonalardan birining shifokorlari bemorning hayoti uchun 2 soat davomida kurashishdi. Erkak klinik o‘lim holatiga tushgan, biroq uni shifokorlar sa'y-harakatlari evaziga jonlantirishga muvaffaq bo‘lingan.  

Voqea Lyaonin viloyatidagi an'anaviy Xitoy tibbiyoti universiteti qoshidagi klinikada yuz bergan. Qabulxonaga “yurak to‘xtashi” tashxisi bilan bemor keltirilgan. Shifokorlar darhol unga yurak massaj qilishni va sun'iy nafas berishni boshlashgan. 

Erkak shifoxona yo‘laklari bo‘ylab jonlantirish bo‘limiga olib borilguncha shifokorlar galma-galdan uning ko‘krak qafasini yuzlab marta bosishlariga to‘g‘ri kelgan. Bemor maxsus qurilmalarga ulangandan keyin jonlantirish tadbirlari davom ettirilgan. Unda 20 shifokor ishtirok etgan.

 

Xitoyda qoidaga ko‘ra, bemorda klinik o‘lim qayd qilingandan 50 daqiqa o‘tgach jonlantirish tadbirlarini to‘xtatish qabul qilingan. Biroq ushbu holatda shifokorlarning urinishlari qurilmaning bemorda kuchsiz yurak urishini qayd qilishiga olib kelgan.

Ayni vaqtda erkak davolanishda qolmoqda.

Mavzuga oid