Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 yanvar kuni ekologik hashar o‘tkaziladi
Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joylardagi jamoatchilik vakillarining takliflarini hisobga olib mintaqada ekologik holatni va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida hukumat farmoyishi qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, farmoyish bilan 2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkaziladi.
Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi.
Mazkur xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanadi.
Mavzuga oid
14:12 / 28.11.2025
O‘zbekistonda “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi start oldi
11:04 / 28.07.2025
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
07:44 / 09.02.2022
Xalq ta’limi tizimi isloh qilinadi
07:37 / 23.11.2021