O‘zbekistonda 2018 yil yakunlari bo‘yicha nechta tabiiy monopoliya borligi aytildi
2018 yilda O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'yektlari soni 10 mahsulot turlari bo‘yicha 140 tani tashkil etdi.
Davlat raqobat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan 406 ta murojaat ko‘rib chiqilgan, natijada asossiz hisoblangan 1,4 mlrd. so‘m qayta hisob-kitob qilingan.
Monopolist korxonalar davlat reyestrida 2019 yilning 1 yanvar holatiga 94 ta xo‘jalik sub'yekti 90 ta mahsulot (ish, xizmat) turlari bo‘yicha turibdi.
Hisobot davrida jami bo‘lib 23ta tovar va moliya bozorlari o‘rganildi, nohalol raqobat masalalari bo‘yicha 121 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 70 tasi bo‘yicha raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atildi, 51 tasi rad etildi, 7 tasi sudlarda ko‘rib chiqilmoqda
Xo‘jalik sub'yektining 35%dan ortiq aksiyasi va 50%dan ortiq ulushini sotib olish uchun berilgan 176 ta murojaat va xo‘jalik sub'yektlarini birlashtirish, qo‘shib olish va qo‘shilib ketishi bo‘yicha 52 ta murojaat ko‘rib chiqildi.
Qo‘mitaga jami 3030 murojaatlar kelib tushgan, shundan 2156 – yozma, 874 - ishonch telefoni orqali. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida jami 764,6 mln. so‘m qayta hisob kitob qilindi, shundan 571,9 mln. so‘m – yozma murojaatlar bo‘yicha, 192,7 mln. so‘m – ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo‘yicha.
Mavzuga oid
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
14:06 / 26.10.2024
Taom yetkazib berish xizmatlari bozori monopollashdi
13:04 / 23.10.2024
Telekommunikatsiya sohasida operatorlar va provayderlarga adolatli raqobat muhiti ta’minlanadi
19:03 / 15.10.2024