Jamiyat | 13:01 / 25.01.2019
6147
2 daqiqa o‘qiladi

“Vaqf” Fondi uchta qishloqqa suv olib boradi

Yurtimizning ayrim hududlarida aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji yetarlicha ta'minlanmagan bo‘lib, bunga ichimlik suvi manbaalarining uzoqda joylashganligi hamda suvni yetkazib berishning qimmatligi sabab bo‘lmoqda.

Toza ichimlik suvini uzoq masofadan tashib keluvchi hamda uzoq muddat quduqlarda turib qolgan suvlarni iste'mol qiluvchi yurtdoshlarimizga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida “Vaqf“ xayriya jamoat fondi tomonidan “Obi-hayot“ nomli aksiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta'minlash, farmonning 8-bandida ko‘zda tutilgan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani Bog‘i Obod, Sebzor va Ehtirom mahallalari aholisiga “Vaqf“ xayriya jamoat fondi tomonidan ko‘mak ko‘rsatilmoqda. 12 ming nafarga yaqin aholi yashovchi ushbu qishloqlarga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan toza ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi.

Fond tomonidan bir kilometrlik qazish va montaj ishlariga ko‘plab insonlar ishtirok etmoqda.

Hazrati Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Kim suv bor joyga suv chiqarsa, bir jonni ozod qilgandek bo‘ladi, kim suv yo‘q joyga suv chiqarsa, bir jonni tiriltirgandek bo‘ladi” (Ibn Asokir rivoyati).

Fond yurtimiz aholisini “Obi-hayot“ aksiyasida faol ishtirok etishga, tadbirkorlarni esa shunday ezgu amallarni bajarishda qatnashishga chaqiradi.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid