Jahon | 23:09 / 25.01.2019
52064
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy dunyodagi eng qirg‘inbarot raketani namoyish qiladi

Foto: Damir Sagolj / Reuters

Xitoyning “sirli va eng mukammal” qit'alararo ballistik raketasi DF-41 Pekinda 2019 yil 1 oktyabrda Xitoy tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan paradda namoyish qilinishi mumkin. Bu haqda CCTV’ga iqtibos keltirgan holda Global Times nashri ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, xitoylik harbiylar yanvarda DF-41’ning sinovlarini davom ettirishgan.

CCTV telekanalida ta'kidlanishicha, Xitoy ballistik raketalarining uch avlodi (DF-5, DF-31 va DF-41) bir necha o‘n metr og‘ish bilan 10 ming kmdan ziyodroq uzoqlikdagi nishonlarni yo‘q qila olishi mumkin. 

DF-41 Xitoyning eng kuchli raketasi hisoblanadi. Turli manbalarga ko‘ra, uning uchish uzoqligi 13-15 ming kmni tashkil qiladi. Taxmin qilinishicha, raketa 25 Max soni (1 Max taxminan 1200 km/soat) tezligida ucha oladi va 12 ta individual nishonga olish blokiga ega, bo‘linuvchi kallakni tashishi mumkin. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid