Bedarak ketgan buxorolik ayol yetti oydan buyon qidirilmoqda
1992 yil 10 iyunda Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tug‘ilgan Manzura Hakimovna Tursunova qidirilmoqda.
U 2018 yil 5 iyunda uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Millati o‘zbek, ma'lumoti o‘rta. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
Uyidan chiqib ketganida uning egnida qora rangli yengsiz ko‘ylak, yashil va jigarrangli xalat, boshida pushti rangli ro‘mol, oyog‘ida sariq rangli shippak bo‘lgan.
Alohida belgilari: Bo‘yi 155-160 santimetr, yuzi uzunchoq, sochlari qora, ko‘zlari jigarrang. Jag‘ tishlarining orqa tomoni tepa va past qismlari yo‘q.
Manzura Hakimovna Tursunova haqida ma'lumotga ega bo‘lganlar (0365) 770-02-75, 332-12-02, +99897 303-94-97 telefon raqamlari orqali yoki yaqin hududdagi ichki ishlar bo‘limiga xabar berishi so‘raladi.
Mavzuga oid
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
08:40 / 07.09.2024
Turkiyaga ketib, bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik yigit qidirilmoqda
20:34 / 31.08.2024
“Avvalo o‘zbek tilida yozilsin” - Buxoroda reklama bannerlari va lavhalar nega olib tashlanyapti?
14:48 / 21.08.2024