Jamiyat | 12:46 / 26.01.2019
75252
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

25 yanvardan 26 yanvarga o‘tar tunda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, tungi soat taxminan 2:00lar atrofida Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi (sobiq hayvonot bog‘i yonida) YTH haqida xabar kelib tushgan. 

«Neksiya-3» rusumidagi avtomobil haydovchisi reklama banneri ustuniga kelib urilgan. YTH oqibatida haydovchi, 25 yoshli A.T. va uning ikki nafar yo‘lovchisi (ayollar) voqea joyida halok bo‘lgan. Uchinchi yo‘lovchi (ayol kishi) shifoxonaga olib ketilgan, shifokorlar uning holatini og‘ir, deb baholashmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Yo‘l-transport hodisasi sababi - tezlikning sezilarli darajada oshirilishi, oqibatda avtotransport vositasi boshqaruvini yo‘qotish.

Mavzuga oid