«Turk oqimi» Ukraina uchun eng xavfli loyiha sifatida tan olindi
«Turk oqimi» gaz quvuri Ukraina uchun eng xavfli loyiha sifatida tan olindi. Bu haqda «Novoye vremya» nashri Ukraina hukumati huzuridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Maslahatchilar strategik guruhining energetika bo‘yicha eksperti Karel Girmanga asosan xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Shimoliy oqim - 2» Kiyevga nisbatan kamroq xavf tug‘diradi. Bu shu bilan bog‘liqki, u qurilgach gaz janubiy Yevropa mamlakatlariga yetkazib berilmaydi. Buning natijasida Ukraina tranzitning bir qismini saqlab qola oladi. Shu bilan birga, «Turk oqimi» birinchi tarmog‘i ishga tushirilgandan so‘ng, bu muammoni osongina hal qilish mumkin.
«Turk oqimi» deyarli qurilib bo‘lingan. Birinchi tarmoq aniq ishga tushiriladi. Bu yerda, afsuski, Ukraina tomoni bu kurashda mag‘lub bo‘ldi», - dedi Girman.
Ekspertning ta'kidlashicha, u ishga tushirilgandan so‘ng, Ukraina Rossiyadan gaz tranzitini to‘liq yo‘qotadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina MDHdan ikki oy ichida chiqib ketishga qaror qilgandi.
Mavzuga oid
20:12
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024