Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko mart oyi oxirigaça mamlakatni Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH)dan olib çiqib ketiş böyiça rasmiy jarayonni boşlaşi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» siyosiy doiradagi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Naşr suhbatdoşlarining ta'kidlaşiça, bunday qadamdan közlangan maqsad - 31 mart kuni bölib ötadigan saylovlar oldidan Poroşenkoning reytingini oşiriş. Prezident bundan saylovoldi kampaniyasida foydalanişni közlamoqda, sababi avvalroq Rossiya bilan yuz bergan munosabatlarning keskinlaşuvi - Kerç böğozidagi mojaro hamda döstlik töğrisidagi bitim bekor qilinişi - uning maşhurligiga ijobiy ta'sir körsatdi.
Boşqa bir manbaning qayd etişiça, aslida Ukraina hozir ham MDHga a'zo emas, sababi u bir qator şartnomalarni bekor qildi va tölovlarni tölamayapti. Uning sözlariga köra, hamdöstlikdan yakuniy çiqib ketiş töğrisidagi qaror «namoyişkorona va siyosiy xarakterga» ega böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina MDH doirasidagi bir neçta kelişuvlardan çiqqandi.











