Jahon | 07:56 / 27.01.2019
11091
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada to‘g‘on o‘pirilishi qurbonlari soni 40 kishiga yetdi

Foto: REUTERS

Braziliyada to‘g‘on o‘pirilishi qurbonlari soni 40 kishiga yetdi. 

Voqea 25 yanvarda Minas-Jyerays shtatida yuz bergan. Mahalliy o‘t o‘chirish xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 250 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qolgan. Hukumat qurbonlar soni oshishi mumkinligini aytgan. O‘nlab odamlar yaqin atrofdagi hududlar suv ostida qolishi oqibatida hosil bo‘lgan qopqonda qolgan.

Foto: REUTERS/Washington Alves

To‘g‘on metallurgiya sanoati chiqindilari bo‘lgan suvni ushlab turgan. Inshoot Braziliyaning Vale tog‘-kon kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. To‘g‘on o‘pirilgandan keyin hukumat kompaniyaning hisobraqamlaridagi 1,3 mlrd dollarni muzlatib qo‘ygan, bu pullar jabrlanuvchilarga yordamga yo‘naltiriladi. 

Foto: REUTERS

Fojia munosabati bilan mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilingan.  

Foto: REUTERS/Washington Alves
Foto: REUTERS/Washington Alves

2015 yilda ham ushbu shtatda xuddi shunday voqea oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi bedarak yo‘qolgan. Inshoot Vale tarkibiga kiruvchi kompaniyaga tegishli bo‘lgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid