Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliarderning 53 yoshli xizmatchisi uch kun liftda qolib ketdi
Foto: Google Street View
Nyu-Yorkda uch kun liftda qamalib qolgan ayol qutqarildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
O‘t o‘chiruvchilar qutqarish xizmatiga qo‘ng‘iroqdan keyin milliarder Uorren Stivens uyiga yetib kelishgan. Ular uyning 2- va 3-qavatida to‘xtab qolgan liftni ochishganda u yerda farrosh ayolni topishgan.
Ayolning aytishicha, u liftda 25 yanvarda qamalib qolgan. Milliarder va uning yaqinlari dam olish kunlari ketishgan va shu sababli yordamga keladigan odamning o‘zi bo‘lmagan. Ayol liftda suvsiz va yeguliksiz uch kun qolib ketgan. U 28 yanvar ertalab topilganda tashnalikdan kuchsizlangan holda bo‘lgan.
Ayol shifoxonaga yetkazilgan, hozirda uning ahvoli yaxshilanmoqda. Stivensning oilasi ayol tuzalayotganidan yengillik his qilgan va bunday holatlar takrorlanmasligi uchun choralar ko‘rishga va'da bergan.
Uorren Stivens Stephens Inc. investitsion bankiga rahbarlik qiladi. Uning boyligi 2,4 mlrd dollarga baholanadi. Ta'kidlanishicha, ayol milliarderning oilasida 18 yildan beri ishlab keladi.
Mavzuga oid
08:47 / 12.11.2025
Qurilish vazirligi: «Toshkentda 9 ming lift nosoz» degan xabarlar asossiz
20:31 / 10.11.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uy liftlarida 37 mingdan ortiq nosozlik qayd etildi
22:52 / 30.10.2025
Rossiya dollar milliarderlari soni bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan tenglashdi
11:35 / 27.09.2025