Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda O‘zbekiston paxtasiga talab ortgan
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatida Eron Islom Respublikasi temir yo‘l tizimi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat temir yo‘l sohasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, manfaatli aloqalarni rivojlantirish borasida bir qator masalalar ko‘rib chiqilgan.
Xususan, tranzit yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, bu borada yangi yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish, konteyner vagonlari orqali import va eksport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha fikr yuritilgan.
– Ma'lumki, O‘zbekiston Sharqiy Osiyo, ya'ni Xitoy davlati bilan tashuvlarni amalga oshirishda eng muhim va qisqa tranzit hudud hisoblanadi, – deydi delegatsiya rahbari Ahmadiy Babak. – Shu bois, ishonchli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki davlat temir yo‘l tizimi o‘rtasidagi tashuvlar sonini oshirish davr taqozosidir. Endilikda, ushbu yo‘nalish bo‘yicha konteynerlar orqali tashuvlar hajmini oshirishni rejalashtirganmiz. Joriy yilda Xitoydan 50 ming tonna yuk olib kelish belgilangan. Bu borada Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlari bilan ham muzokaralar olib borildi.
Ta'kidlanishicha, keyingi yillarda Eron Islom Respublikasida O‘zbekiston paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan talab ortgan. Uchrashuvda ushbu masalaga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Uchrashuv so‘nggida muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig‘ilish bayonnomasi imzolandi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026