Keniyalik sportchilar Qozog‘iston fuqaroligini oldi
Qozog‘iston yengil atletika federatsiyasi keniyalik 5 nafar sportchining “sport fuqaroligi”ni rasmiylashtirish jarayonini boshladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Federatsiyada tushuntirilishicha, keniyalik 4 sportchi – Nora Jyeruto, Karolin Kipkirui, Deyzi Jepkimey, Shedrak Koech hamda murabbiy Kennet Kepiyego Rotich 2018 yil dekabrda Qozog‘iston fuqaroligini qabul qilishgan. 2019 yil yanvardan bu atletlar Sharqiy Qozog‘iston viloyatini bildirishadi.
Xalqaro yengil atletika federatsiyasi IAAF rasmiy reytingiga ko‘ra, ayni vaqtda sportchilardan Nora Jyeruto to‘siqlar bilan 3 ming metrga yugurish bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallaydi. Karolin Kipkirui esa 5 ming metrga yugurishda 8-raqamli, 10 kmga yugurishda 1-raqamli sportchi hisoblanadi.
Qozog‘istonning yengil atletika bo‘yicha oxirgi chempionatida keniyalik sportchilar Sharqiy Qozog‘iston viloyati uchun ishtirok etganlar. Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Grigoriy Yegorov keniyalik atletlar fuqarolik olganini tasdiqlagan, biroq tafsilotlar bilan bo‘lishmagan.
Mavzuga oid
13:48 / 04.10.2024
O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Ostonada MDH davlatlaridagi hamkasblari bilan uchrashdi
14:28 / 02.10.2024
Islohotlarni hayotga tatbiq etish uchun prezidentga 7 yil muddat yetarli - To‘qayev
22:02 / 01.10.2024
Qozog‘iston Xitoyga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana bir gaz quvuri qurmoqchi
12:50 / 30.09.2024