Jahon | 14:04 / 31.01.2019
9775
4 daqiqa o‘qiladi

AQShda qutb girdobi 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Illinoys shtati rasmiylariga ko‘ra, chorshanba kechasida qattiq sovuqdan 8 kishi halok bo‘lgan. Ularning orasida Ayova universiteti talabasi ham bor. Quyosh botishidan bir necha soat o‘tib, uning jasadini universitet akademik zali yaqinidan topishgan.

AQShning o‘rta g‘arb hududiga yopirilgan qutb girdobi Chikagoga 1985 yil yanvaridan buyon takrorlanmagan rekord darajadagi sovuq havo oqimini olib kelgan. Kecha, chorshanba kunining o‘zida havo harorati -30 darajaga tushib ketgan.

Ko‘plab shaharlarda asosan boshpanasiz kishilarga e'tibor qaratilmoqda. Shaharlardagi hukumat binolari, cherkovlar, o‘quv binolarida isinib olish nuqtalari tashkil etilgan.

Chikagodagi ikki eng katta aeroportda 2700 parvoz bekor qilingan. Bugun – payshanba kuni yana 1800 parvoz bekor qilinishi rejalashtirilgan.

Qutb girdobini ijtimoiy tarmoqlar ham katta shov-shuv bilan kutib oldi. Foydalanuvchilarning katta qismi Chikagoni Sibirga qiyoslab Chibir deya atashayotgan bo‘lsa (ingl. Shiberia), boshqalar esa vaziyatni «Ertadan keyin» filmiga o‘xshatmoqda. Instagramning o‘zida #PolarVortex heshtegi ostida 257 ming post qoldirilgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by The Magnificent Mile (@themagmile) on

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Barry Butler Chicago (@barrybutler9) on

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Nick Ulivieri (@nick_ulivieri) on

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Brandon Sharpe (@brandonexplores) on

Michigan ko‘lida «sovuq bug‘ qaynashi».

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Leon Kim (@kim.leon) on

Bino derazalarining holati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Liz (@eakeaty) on

Eslatib o‘tamiz, qahraton sovuq odatda Shimoliy qutb hududlaridan o‘tadi, bu yil esa oqim janubroqqa – AQSh tomonga yo‘nalishni o‘zgartirgan. Oqibatda AQShning markaziy va o‘rta-g‘arb hududlarida turli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi davom etmoqda.

Mavzuga oid