Habib Nurmagomedov Qozog‘istonda teleboshlovchi sifatida ish boshlaydi
UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov Qozog‘istondagi realiti-shou boshlovchisiga aylanadi.
BNews.kz nashri ma'lumotiga ko‘ra, loyihani suratga olish ishlari joriy yilning may oyida boshlanadi. Ushbu shouda mehmonlar sifatida turli mamlakatlardan kelgan sportchilar va olimpiya chempionlari jamoalari ishtirok etadi. Ular qozoq folklori an'analarini bilish bo‘yicha sport musobaqalari hamda tanlovlardan o‘tishlari kerak. Shou 118 mamlakatda translatsiya qilinadi.
Nevada shtati Atletika komissiyasi qaroriga ko‘ra, Nurmagomedov irlandiyalik jangchi Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng yuz bergan mushtlashuv tufayli to‘qqiz oyga diskvalifikatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib UFC’da Abubakr Nurmagomedov va Tuxugovning diskvalifitsikatsiya muddati tugamaguncha jang o‘tkazmasligi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
12:25 / 26.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston mavsumiy meva-sabzavotlarni o‘zaro yetkazib beradi
17:43 / 25.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib qoldi
12:47 / 22.11.2024