UFC’ning yengil vazndagi çempioni Habib Nurmagomedov öz jamoasi a'zolari - Zubayra Tuxugov va Abubakr Nurmagomedovning diskvalifikatsiya muddati tugamagunga qadar UFC’da jang ötkazmaydi. Bu haqda rossiyalik jangçining menejyeri Rizvan Magomedov xabar berdi.
Eslatib ötamiz, Nurmagomedov töqqiz oyga janglardan çetlatildi va 500 ming dollarlik jarimaga tortildi. Tuxugov va Abubakr Nurmagomedov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi hamda 25 ming dollar miqdorida jarima tölaş majburiyatiga ega böldi. Barça çetlatişlar muddati 2018 yil 6 oktyabrdan hisoblanadi.
«Abubakr va Zubayr diskvalifikatsiya qilingan ekan, Habib jang ötkazmaydi», - deya Magomedovning sözlarini keltiradi Sport24.
Magomedovning sözlariga köra, Habib bezorilikka qarşi qaratilgan ijtimoiy dasturda ham iştirok etişni rejalaştirmayapti. Dasturda iştirok etganlik uçun jangçining diskvalifikatsiya muddati uç oyga qisqartirilişi mumkin.
«Bizning fikrça, Abubakr va Zubayra bir yilga adolatsiz ravişda çetlatildi. Uşbu qarordan norozimiz. Ijtimoiy rolikka kelsak, biz uni körmaymiz, deb öylayman», - dedi menejyer.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fyodor Yemelyanenko Nurmagomedovning xatti-harakatlari haqida gapirgandi.












