Fan-texnika | 09:48 / 31.01.2019
4414
1 daqiqa o‘qiladi
Tesla 2018 yilda bir milliard dollar zarar ko‘rganini bildirdi
Amerikaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi o‘tgan yili deyarli 1 milliard dollar (976 million dollar) miqdorida zarar ko‘rgan. Bu haqda The Detroit Times kompaniyaning e'lon qilingan moliyaviy hisobotiga asosan xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili kompaniya daromadi 21,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi, bu Tesla faoliyati uchun rekorddir. 2018 yilning so‘nggi choragida kompaniya daromadi 7,2 milliard dollarni tashkil qildi.
Shu bilan birga, o‘tgan yilning so‘nggi uch oyida Tesla 139,4 million dollar miqdorida sof foyda ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla minglab xodimlarini ishdan bo‘shatishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
10:57 / 07.11.2024
AQShda dunyodagi eng tezkor politsiya mashinasi taqdim etildi
23:09 / 24.10.2024
Tesla aksiyalari ijobiy prognozlar fonida 20 foizga qimmatlashdi
23:57 / 18.10.2024