Tesla xodimlarining 7%ini işdan böşatişini ma'lum qildi. Kompaniya Model 3 elektrokarini ommaviy işlab çiqarişda iqtisod qilmoqçi, deb yozadi Reuters.
Ma'lum bölişiça, kompaniya rahbari Ilon Mask öz xodimlariga işdan böşatişlar haqida xabar yuborgan. Mask ötgan yil oğir va muvaffaqiyatli bölganini, hozirda Tesla pullarni tejaşga majburligini va xodimlarning bir qismini işdan böşatişini ma'lum qilgan.
"Afsuski, boşqa yöl yöq", deya qayd etgan u.
Tesla 3,5 mingga yaqin xodimini işdan böşatişni rejalaştirgan. Qayd etilişiça, Mask kompaniyasi ötgan yili 9% xodimini işdan böşatişini ma'lum qilgan. 2017 yil 31 dekabr holatiga köra, Tesla kompaniyasida 37 543 kişi işlagan.












