Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura xabari inkor etilmoqda
Buxoro shahar hokimligining «Uy joylarni hisobga olish va noturar joylardan foydalanish» davlat korxonasi matbuot kotibi Sherzod Uralov Bosh prokuratura xabarini inkor etmoqda. Bu haqda u Kun.uz'ga xabar bergan.
«Internet nashrlari orqali B.Q. ismli shaxs o‘zini hokimiyat vakili sifatida tanishtirib firibgarlik yo‘li bilan, garchi vakolatiga kirmasa-da o‘zga shaxslar ishonchiga kirib, uy olib berishni va'da qilgani, oqibatda 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingani ta'kidlab o‘tilgan. Ushbu holatga oydinlik kiritishni istar edik», — deydi u.
Gap shundaki, Bosh prokuratura tarqatgan xabarda ta'kidlangan B.Q. ismli shaxs Buxoro shahar hokimligi bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgani aytilgan. Urolovning aytishicha, B.Q.ning Buxoro shahar hokimligiga hech qanday aloqasi yo‘q.
«Fuqaro B.Q. shtat birligi bo‘yicha UJHO va NJF davlat korxonasining yotoqxonalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i hisoblanadi, lekin Buxoro shahar hokimligining biror bo‘lim boshlig‘i emas. Hokimlik bilan korxona-tashkilot o‘rtasida katta farq bor», — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura tarqatgan xabarda ta'kidlangan shaxs fuqaro S.R.dan Buxoro shahar hokimligi tasarrufidagi kam ta'minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratib berish uchun pora olayotganda ushlangandi.
Mavzuga oid
18:31 / 02.04.2026
Kogonda elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi
20:25 / 29.03.2026
Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026