Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sovuq kunlar davom etadi - O‘zgidromet
Respublika hududida 1 fevralda quruq, lekin sovuq ob-havo bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» Kun.uz'ga xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmay, havo harorati kechasi 2 daraja sovuq, –3 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘lishi mumkin.
«2-3 fevral kunlari Turkmaniston hududidan nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Shu sababli mamlakat hududida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud. 4-5 fevral kunlari Volgabo‘yi rayonlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda. Respublikamiz hududi bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, 5 fevralda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanadi», — deyiladi axborotda.
Ta'kidlanishicha, ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib sekundiga 15-20 m tezlikda esadi. Havo harorati 10-15darajaga pasayib, 2 daraja sovuq va 3 daraja iliqni tashkil qiladi.