Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA shirkati Venesuela oltinining bir qismini sotib oldi
Foto: EPA
Birlashgan Arab Amirliklarining Noor Capital shirkati Venesuela markaziy bankidan uch tonna oltin sotib olgani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda tashkilotning tvitterida xabar berilgan.
Bayonotga ko‘ra, 21 yanvar kuni amalga oshirilgan xarid mahalliy qonunchilik va xalqaro normalarga zid emas.
«Noor Capital qandaydir noqonuniy yoki taqiqlangan bitimlarda ishtirok etmaydi», - deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, kelajakda kompaniya Venesueladagi vaziyat hal bo‘lmagunga qadar har qanday operatsiyalardan voz kechadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo AQShning Venesueladagi vaziyatga harbiy aralashuvini istisno qilmagandi.
Mavzuga oid
07:27 / 25.12.2025
Oltin uchun "poyga": 2000 yildan beri zaxiralarini eng ko‘p oshirgan davlatlar
15:17 / 24.12.2025
AP: Rossiya Venesueladan diplomatlar oilalarini evakuatsiya qilishni boshladi
09:19 / 23.12.2025
Tramp: AQSh Venesuela yaqinida ushlangan tankerlar va neftni o‘zlashtiradi
15:21 / 22.12.2025