Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelaning Iroqdagi elchisi Guaydoni vaqtinchalik prezident deb tan oldi
Venesuelaning Iroqdagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Velasko Ramires muxolifat rahbari Xuan Guyadoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb tan oldi. U bu haqda videomurojaatida e'lon qildi, deb yozadi El Nacional gazetasi.
"Bizning o‘rnimiz xalq, konstitutsiya va Venesueladagi yagona qonuniy hukumat – milliy assambleya tarafida", - dedi Velasko.
El Nacional gazetasining yozishicha, u 2013 yildan buyon mamlakatning Iroqdagi elchixonasiga rahbarlik qilib keladi.
23 yanvar kuni milliy assambleya spikeri Guaydo o‘zini prezidentlik vazifasini vaqtincha bajaruvchi deb e'lon qildi. Uni o‘sha kuniyoq AQSh tan oldi. So‘ngra AQShga Amerikadagi qator davlatlar qo‘shildi.
Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro parlamentga muddatdan avval saylovlar o‘tkazish taklifini bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026