Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Eronni kuzatishni istayman»: Tramp nega Iroqda qo‘shinlar qoldirilishini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘shni Eronni kuzatish va bosim o‘tkazish uchun Iroqda Amerika qo‘shinlarini saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Amerika yetakchisi CBS News’ga intervyusida ma'lum qildi.
«Men Eronni kuzatishni xohlayman», - dedi Tramp 3 fevral kungi efirda.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlar Eronni shu tariqa kuzatishi mumkin, agar «muammolar yoki kimdir yadroviy qurol yaratmoqchi bo‘lsa», Vashington bu haqda birinchi bo‘lib biladi.
«Iroqda biz ajoyib va qimmat harbiy bazani qurdik. U tinch bo‘lmagan Yaqin Sharqning turli qismlarini kuzatib borish uchun mukammal joylashuvga ega», - dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bazani saqlab qolishni istayotganiga sabablardan biri - «Eronni biroz kuzatib turish, chunki Eron - bu haqiqiy muammo».
Biroq, Tramp Iroqda AQSh qo‘shinlarining bo‘lishi xato ekanini tan olgan.
Iroq prezidenti Barham Solih amerikalik hamkasbi Donald Trampning so‘zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Iroq prezidentining so‘zlariga qaraganda, Tramp Iroq tomoni qo‘shinlarni joylashtirishga rozi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi bilan qiziqmagan. Uning bildirishicha, ayni paytda Amerika qo‘shinlari terrorizmga qarshi kurashish uchun Iroq hududida bo‘lishiga ruxsat beruvchi, davlatlar o‘rtasida bitim imzolangan.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026