Iqtisodiyot | 20:57 / 04.02.2019
15720
1 daqiqa o‘qiladi
Markaziy bank departament direktori tijorat bank rahbari lavozimiga tayinlandi
Markaziy bankning Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan Zafar Azimov Sanoatqurilishbank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimiga munosib ko‘rilmoqda.
Bank va mijoz Telegram-kanali tarqatgan xabarga ko‘ra, Azimov nomzodi Prezident maslahatchisi U.Ismoilov tomonidan ma'qullangan.
«Shuningdek, bugungi kunda Markaziy bank Raisining so‘nggi tayinlangan o‘rinbosarlari ham ushbu muassasa departament direktorlari lavozimida ishlab kelgan», — deb ta'kidlanadi axborotda.
Eslatib o‘tamiz, avval Ipoteka bank boshqaruvi raisligiga ham Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Shuhrat Atabayev tayinlangan edi.