Bunyod Baxtiyoroviç Mamajonov Toşkent şahri Uçtepa tumanining hokimi etib tayinlandi.
Bunyod Mamajonov 1985 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yilda Toşkent moliya institutini magistrlik darajasi bilan tamomlagan.
2020 yildan şu kunga qadar «Asakabank» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Uçtepa tumaniga 2019 yil mayidan buyon Farhod Abdullayev rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot berilmadi.
Bu sönggi kunlarda Toşkent şahrining uçinçi tumanida rahbar özgarişi bölmoqda. 23 sentabr kuni Şayxontohur tumaniga 2022 yil sentabridan buyon hokimlik qilib kelgan Botir Zohidov Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi rahbarligiga ötkazildi, keyinroq uning örniga Markaziy bank raisi örinbosari Bobur Abubakirov yangi hokim etib tayinlandi.
Şuningdek, Mirzo Uluğbek tumanida ham hokim özgargan, tumanga 2018 yil aprelidan buyon rahbar bölgan Şavkatbek Irgaşev örnini Bahodir Ğoyibnazarov egalladi.












